Yusubov Jaloliddin Kadamovich
1989-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Millati oz'bek. Urganch davlat universiteti va Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan."Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni sohibi. Respublika Ma'naviyat …
Rahbar haqida
1989-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Millati oz'bek. Urganch davlat universiteti va Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
"Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni sohibi. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi, Eskpertlar Kengashi a'zosi. "Eng faol milliy g'oya va ma'naviyat targ'ibotchisi" Respublika ko'rik tanlovi 2 marotaba g'olibi. 200 dan ortiq turli diplom, tashakkurnoma, sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
1 ta monografiya, 6 ta o'quv qo'llanma, 2 ta lug'at, 11 ta uslubiy qo'llanma, 2 ta risola va 3 ta uslubiy ko'rsatma muallifi, 3 ta grand a'zosi, 4 ta patent guvohnomasi mavjud. 4 ta Scopus maqolasi, 10 dan ortiq xorijiy jurnallar, 50 dan ortiq OAK mahalliy jurnallarda va 60 dan ortiq xalqaro va respublika konferensiyalarida maqolalari chop etilgan. Uning rahbarligida 3 nafar falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqqiyatli himoya qilingan.
Tayinlovga qadar J.Yusubov O'zbekiston Milliy universiteti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi boshlig'i, Ijtimoiy fanlar fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini, dotsent va professor vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Lavozim ma'lumotlari
Lavozim
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor
Qabul vaqti
10:00 18:00
Telefon
+998555068888Qabul jadvali
Qabul vaqti
10:00 18:00
Eslatma
Rahbar bilan uchrashuvga oldindan murojaat qilish tavsiya etiladi. Qo'shimcha ma'lumot uchun kotibiyat bilan bog'laning.